Buxoro yangiliklari

Telegram butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlamayapti. Buning sababi nimada?

photo 856

Loading

Bugun, 2-noyabr kuni soat 19:00 lar atrofida O‘zbekiston hududida Telegram orqali foto/video/ovozli xabarlarni yuborishda muammolar kuzatiladi boshlandi.

Mamlakatning rasmiy idoralari ayni vaqtga qadar O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer faoliyati bilan bog‘liq kuzatilayotgan jarayonlarga biror munosabat bildirishmadi.

Messenjer jamoasi esa haqiqatdanda muammo mavjud, lekin Telegram tarafidan hech qanday cheklov yoki uzilish yo‘qligini xabar qilishdi. Ular shuningdek, aloqani stabil holda saqlab qolishga harakat qilishayotganini iddao qilishmoqda.

photo 02 278

Eslatib o‘tamiz, Telegram orqali muloqot qilishda bundan avval ham cheklov joriy qilingandi. Ushbu hodisa 2021-yilning 3-noyabr kuni sodir bo‘lib, shu kunning o‘zida aloqa qayta tiklangandi. Ushbu hodisaga aloqador “O‘zkomnazorat” rahbari “bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilingan harakati” sababli, prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan ishdan olingan edi.

Hozirda Telegram uzilishlar bilan yoki juda sekin ishlamoqda. Voqealar rivojlanishini kuzatishda davom etamiz.

Xabar yangilandi! 2-noyabr kuni soat 20:45 holatiga Telegram’ga kirishdagi nosozlik bartaraf etilgan, ilova barqaror faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.