O‘zbekiston

Avto ehtiyot qismlari “ko‘rinishi”dagi sigaretalar bojxonadan o‘tkazilmadi

photo 858

Loading

Kuni kecha xorijdan temir yo‘l orqali mamlakatimiz hududiga kirib kelgan poyezd konteynerlari tranzit yo‘nalishda harakatlanib, qo‘shni davlatga yetib borishi kerak edi. Lekin, manzilgacha yetib bormadi.

Buning asosisy sababi esa yukning kuzatuv hujjatlarida “Avval muomalada bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismlari” deya ko‘rsatilgan mazkur tovarlar va bojxona postida o‘rnatilgan inspeksion ko‘rik majmuasining rentgen tasvirlari o‘zaro mos kelmaganligi bo‘lib, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlarida shubha uyg‘otadi.

photo 02 283

Shuning uchun amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yuk egalari ishtirokida bojxona ko‘rigi o‘tkazilishi kerak bo‘ladi va bu haqida yuk egalari xabardor qilinadi. Lekin 5 ish kuni davomida yuk egalari tomonidan hech qanday murojaat bo‘lmaganligi sababli, mazkur tovarlar xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.

photo 03 195

Ko‘rik davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qariyb 11 mlrd so‘mga teng jami 700 719 ta qutida “Palomo” brendi ostidagi xorijiy tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Mazkur tovarlar hozirda vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

photo 04 130

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.