Mashhurlar
Ed Sheeranning hali chiqarilmagan qo‘shiqlarini o‘g’irlagan hakerga hukm o‘qildi
Taniqli qo‘shiqchi, Ed Sheeranning hali ommaga taqdim qilinmagan ikki qo‘shig‘ini o‘g‘irlagan va kriptovalyutaga sotib yuborgan 23 yoshli hakerga qamoq jazosi berildi, – deya xabar bermoqda BBC.
Britaniyaning Ipsvich shahrilik haker Adrian Kviatkovski qo‘lga olinganidan so‘ng, uning qattiq diskidan Ed Sheeran, repper Lil Uzi Vert va yana boshqa 90 ga yaqin artistlarning 1 263 ta hali chiqarilmagan qo‘shiqlari topilgan. U bularni artistlarning raqamli akkauntlariga buzib kirish orqali qo‘lga kiritgan. London politsiyasiga ko‘ra, Adrian qo‘shiqlarni sotish orqali qariyb $150 000 ishlab topgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ish bo‘yicha tergov bir necha qo‘shiqchilar Nyu-York prokuraturasiga Spirdark taxallus egasi ularning akkauntlarini buzib kirgani va ularning kontentini online sotayotgani haqida xabar berganidan keyin AQSh rasmiylari tomonidan 2019-yilda boshlagan. Tekshiruvlar natijasida Spirdark ning kriptovalyuta akkauntini ochish uchun qo‘llanilgan elektron pochta Adrian Kviatkovskiga tegishli ekani aniqlangan. Shuningdek, akkauntlardan birini buzish uchun foydalanilgan IP-mazil uning Buyuk Britaniyadagi uy manziliga bog‘langanligi ham ma’lum bo‘lgan. 2019-yil sentabrida esa haker London politsiyasi tomonidan hibsga olingan.
Joriy yilning avgust oyida kelib, Adrian Kviatkovski sudda kompyuter materiallariga ruxsatsiz kirishda 3 ta, mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialni sotishda 14 ta, jinoiy mulkni konvertatsiya qilishda bitta va jinoiy mulkka egalik qilishda ikkita ayblovlarni, shu bilan birga, qo‘shiqlarni Bitcoin ga alishganini tan olgan va buning uchun unga 1,5 yillik qamoq jazosi berilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi