Texnologiyalar
IPhone 14 va IPhone 14 Plus o‘rtasidagi farqni bilasizmi?
Yangi iPhone 14 Plus smartfoni Apple tarkibidagi eng katta avtonomiyaga ega telefon bo‘lib chiqdi.
Joriy yilning 6-oktabr kuni IT media jurnalistlari iPhone 14 Plus da birinchi sharhlarni e’lon qilishdi. Qurilma Apple ning barcha yangi qurilmalarining oxirgisi sifatida sotuvga chiqarildi. Mashhur YouTube blogeri Markes Braunli 14 Plus ni quyidagi 4 ta so‘z bilan ta’riflab berdi: “kattaroq ekran va kattaroq batareya”. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, qurilma yuqori darajadagi avtonomiya bilan ajralib turadi.
$100 ga arzonroq bo‘lgan iPhone 14 Plus va iPhone 14 o‘rtasidagi asosiy farqlar deya, mutaxassislar 6,7 dyumli displey va kattalashtirilgan batareyani nomlashdi. “The Verge” jurnalistining so‘zlariga ko‘ra, u birinchi marta bitta batareya zaryadida 3 kun ishlashi mumkin bo‘lgan Apple smartfonidan foydalangan.
Sharhlar mualliflari qurilmaning kattalashtirilgan ekrani va batareyasi borligini ta’kidladilar, ammo uning qolgan xususiyatlari nisbatan kam – arzon materiallar, 2 ta kamera va asosiy protsessor. Biroq, “Engadget” jurnalistlari ilgari katta ekranli telefonga ega bo‘lishni istagan Apple foydalanuvchilari qimmatbaho Pro seriyali modellarni sotib olishlari kerakligini ta’kidladilar.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi