Buxoro yangiliklari
Buxoroda elektroskuterlar uchun batareyalar ishlab chiqaradigan zavod quriladi
Bu haqida Buxoro shahrida Janubiy Koreyaning “AIMS Co.” Ltd. va “Real Moto” MChJ oʻrtasida videokonferens aloqa orqali oʻtgan muzokaralar natijasiga koʻra, kelishib olishdi.
Investitsiyalar vazirligining hududiy boshqarmasi tashkillashtirgan mazkur videokonferensiyada “AMS Co.” Ltd. kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari namoyish etildi.
Taqdim qilingan maʼlumotlarga tayanib aytsak, Janubiy Koreya kompaniyasi elektroskuterlar, elektromopedlar, elektromototsikllar, akkumulyatorlar ishlab chiqarish, Seulda “Nanu” brendi ostida zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish bilan shug‘ullanadi. Batareyalarni almashtirish texnologiyasiga asoslangan “Nanu” zaryadlash stansiyalari batareyani 10 soniya ichida zaryadlashga imkon beradi.
Ushbu texnologiyalar yordamida kompaniya atrof-muhit va ekologik tozalikni himoya qilishga intiladi. Kompaniyaning “Nanu Mobility” mobil ilovasi esa eng yaqin stansiyaning joylashgan joyini, batareya zaryadi qolgan darajasini va batareya qolgan quvvatini istalgan vaqtda va istalgan joyda tez va oson tekshirish imkonini beradi.
Muzokaralar yakunida Buxoro viloyatida elektroskuterlar, elektromopedlar va elektromototsikllar uchun batareyalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida barcha tomonlar ishtirokida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi