Buxoro yangiliklari

Kechki payt ichki ishlar xodimlarini nima sababdan Ark qo‘rg‘oni oldiga yig‘ishdi?

picture 15

Loading

Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar va yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida tungi xizmatga biriktirilgan ichki ishlar xodimlariga xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Kecha, 4-noyabr kuni Buxoro shahridagi Ark qo‘rgoni oldida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari boshchiligida qator masʼul rahbarlar tomonidan Buxoro shahar hududi bo‘ylab “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan ichki ishlar organlarining Patrul-post hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati kabi sohaviy xizmatlari xodimlari, Buxoro shahar IIO FMB shaxsiy tarkibi va Milliy gvardiya, profilaktika inspektorlarning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari, “Qalqon” guruhi aʼzolari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.

picture 02 2

Bunda, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda ularning jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurishlarini bartaraf etish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar hamda fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.