O‘zbekiston

O‘zbekistonda qamoqxonalar va mahkumlar soni ochiqlandi

photo 71
Foto: Google

Loading

Bugungi kunda O‘zbekistonda 54 ta jazoni ijro etish muassasalari mavjud. Shundan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonlaridir. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ichki ishlar vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, jazoni ijro etish tizimida 22 mingdan ortiq, shundan 7 mingdan ortig‘i manzil koloniyada, 14 mingdan ortiq mahkumlar yopiq turdagi koloniyalarda jazo muddatini o‘tamoqda.

2020 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, AQShda har yuz ming odamdan 639 nafari, Rossiyada 340 nafari, Turkiyada 335 nafari, Belarusda 343 nafari, O‘zbekistonda 68 nafari jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tamoqda.

Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni saqlash sharoitlarining shaffofligini ta’minlash hamda qiynoq va jismoniy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tizimdagi 54 ta jazoni ijro etish muassasalari 3 280 dona zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Shundan, 2 203 tasi jazoni ijro etish muassasasi yashash sahniga, 432 tasi ishlab chiqarish sahniga, 645 tasi tashqi ma’muriy hududga o‘rnatilgan.

O‘tgan davr mobaynida Jinoyat-ijroiya kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi ushbu sohadagi bir qator islohotlarni qonuniy mustahkamladi. Xususan, mahkumlarning huquq va erkinliklarini yanada kengaytirish maqsadida voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi.

Shuningdek, mahkum o‘z shaxsiy xavfsizligini ta’minlashni so‘rab muassasa yoki organning har qanday xodimiga ariza (xabar) bilan murojaat qilish huquqi berildi. Yopiq turdagi koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarning telefon so‘zlashuvi yo‘qlov va uchrashuvlar olish soni ikki baravarga ko‘paytirildi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarga ilk marotaba saylov huquqi berildi.

Tadbirda Murojaatnomada davlat rahbari tomonidan bu sohada galdagi vazifa sifatida 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartirilishi, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri probasiya nazoratiga olinishi hamda jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish muassasalaridan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga o‘tkazilishi bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan fikr va mulohazarlar bildirildi.

Shuningdek, siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari tomonidan qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Ombudsman vakolatlarini kengaytirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan ham takliflar bildirildi.

Muhokamalar yakunida jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyilini keng qo‘llash, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish sohasida qiynoqlarning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish, umuman olganda inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda Qonunchilik palatasi oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar umumlashtirilib, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan 2021 Davlat dasturiga kiritish uchun Ishchi guruhga yuborildi.

Manba: Aniq.uz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.