Buxoro yangiliklari

Kogon koʻprigi ustida toʻy kortejidagi 5 ta avtomashina avariyaga uchragani rostmi?

photo 4 3

Loading

Kecha, 15-noyabr kuni soat 19:30 larda Buxoro viloyatining Kogon shahri hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining temir yo‘l ko‘prigi ustida “Nexia-2”, “Nexia-3”, “KIA”, 2 ta “Cobalt” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va 1 ta “Cobalt” avtomobili BDO-5 to‘sig‘iga chiqib qolgan.

Biroz oʻtib, mazkur yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomashinalar hech qanday to‘y korteji emasligini hamda hodisa yuzasidan hech kimga tan jarohati yetmaganligini, faqatgina transport vositalariga shikast yetganligini maʼlum qilamiz, – deya munosabat bildirdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan Kogon shahar IIB JXX YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda va yakuni bo‘yicha huquqbuzarliklar tavsiflanib, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi, – deb xulosa qilmoqda IIB.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.