Buxoro yangiliklari

Buxorodagi “Bolalar uyi” faoliyati nega tugatildi?

photo 18 2

Loading

Bugungi kunga kelib respublikamiz boʻylab Mehribonlik va Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini oʻz qaramogʻiga olayotgan oilalar soni koʻpayib borayotgani, shuningdek olib borilayotgan targʻibot-tashviqot, psixologik tushuntirish ishlarining samarasida mazkur muassasalarda birorta qalbi oʻksik bolajon qolmasdan ushbu muassasalar eshiklari butkul yopilayotganligiga guvoh boʻlmoqdamiz.

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Buxoro viloyat Bolalar uyi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida muassasadagi so‘nggi 4 nafar oʻgʻil va 3 nafar qiz tarbiyalanuvchilar Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Bolalar uyiga koʻchirildi.

Buxoroda qariyb 30 yildan koʻproq vaqt davomida yetim va ota-ona mehriga zor boʻlgan bolajonlarni tarbiyalab kelgan mazkur “Bolalar uyi” ning eshiklari endilikda butkul yopildi. Muassasa tarbiyachilari esa, quvonch koʻz yoshlari bilan bolakaylarni kuzatib, ularga keyingi hayotlarida oq yoʻl tilashdi.

1991-yilning 30-dekabrda tashkil etilgan viloyatdagi Bolalar uyi 75 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 2021-yil 9-avgust holatida 52 nafar tarbiyalanuvchi boʻlgan.

Hozirgi kunga kelib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi tizim asosida Milliy gvardiya, viloyat hokimligi masʼullari hamda Bolalar uyi maʼmuriyati tomonidan olib borilgan xayrli tashabbuslar natijasida, ko‘plab bolajonlar oilalar qaramogʻiga olinib, ota-ona mehriga toʻlib yashamoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.