Salomatlik
Qon bosimi past boʻlsa, nima qilish kerak?
Sababsiz bosh og‘rishi, charchoq, holsizlik – bu past qon bosimining belgisi bo‘lishi mumkin.
Past qon bosimining sabablari
Darhaqiqat, gipotoniya noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy muammodir. Afsuski, odamlar ko‘pincha ogohlantiruvchi belgilarga e’tibor bermaydi, hamma narsani charchoq, uyqusizlik va hayotni murakkablashtiradigan boshqa omillardan ko‘radi. Oddiy ko‘ringan sabablar va turmush tarzi jiddiy kasalliklarning dastlabki qadamlari bo‘lishi mumkin, shuning uchun juda kech bo‘lmasdan, ushbu holatning mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida bilib olish kerak.
Kuchli asabiylashish
Past qon bosimning eng keng tarqalgan sababi stress bo‘lishi mumkin — o‘ta band ish kuni, qo‘rquv — ulardan qutulish ba’zan unchalik oson emas. Bunday holda rejimni normallashtirish surunkali stressni yengishga yordam beradi. Qisqa tanaffus qilish, ishdan bir kun dam olish, sayr qilish, oila bilan vaqt o‘tkazish, fikrlarni tartibga solishga imkon beradigan ishlarni amalga oshirish zarur. Shu tarzda asabiy zo‘riqish bilan birga noxush alomatlar ham yo‘qoladi. Bir necha soatlik xotirjam dam olishdan so‘ng asabiylashtiradigan har qanday suhbatlar qanchalik osonlashayotganini his qilish mumkin, chunki bosh og‘rig‘i pasayadi, oyoq-qo‘llarga issiqlik qaytadi va nafas olish jarayoni osonlashadi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish
Sog‘lom ovqatlanish organizmda barcha a’zolarning normal ishlashining kalitidir. Avvalo kun bo‘yi energiya bilan ta’minlaydigan to‘yimli, foydali nonushta haqida o‘ylash kerak. Xususan, bosimga shirinliklar, fastfud va konserva kabi ochiqchasiga zararli mahsulotlarga bo‘lgan ishtiyoq ta’sir qiladi. Zamonaviy parhezshunoslar taklif qiladigan barcha qoidalarga muvofiq ovqatlanishga ehtiyot bo‘lish lozim: ratsionga temir va ruxga boy oziq-ovqatlarni qo‘shish tavsiya etiladi, ular nafaqat sovuq havoda isinishga yordam beradi, balki qon tomirlarining ishini ham normallashtiradi, bu esa bevosita qon bosimi bilan bog‘liq.
B, C va E vitaminlarining yetishmasligi
Ayniqsa, qish oylarida organizmda vitaminlar tanqisligi kuzatiladi. Ushbu kamchilikni to‘ldirish uchun ratsionni qayta ko‘rib chiqish kerak. Misol uchun, E vitamini barcha turdagi yong‘oqlarda, C vitamini karam, shuningdek, malina, ko‘kat va klyukvada ko‘p miqdorda mavjud. B vitaminlarini esa go‘sht mahsulotlaridan olish mumkin.
Organizmning umumiy immuniteti pasayishi va yuqumli kasalliklar
Kuz va ayniqsa sovuq qishda iloji bo‘lsa, issiqroq kiyinishga harakat qilish, garderobni qayta ko‘rib chiqish zarur. Tabiiy materiallardan tayyorlangan kiyimlar issiqlikni saqlab qolishi mumkin va bu shamollashdan himoya qiladi. Profilaktikadan voz kechmaslik lozim — muntazam ravishda toza havoda yurish va dorivor giyohlar ekstrakti qo‘shilgan vannalar haqida unutmaslik juda muhim.
Oqibatlari
Ko‘ngil aynishi va zaiflik
Bunday oqibatlar hayot uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Ammo umumiy holat uchun juda sezilarli. Past qon bosimida odatda umumiy zaiflik, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi birga kuzatiladi. Eng yoqimsiz narsa, davolanish jarayoni qanchalik uzoqqa qoldirilsa, vaziyat tezroq yomonlashadi. To‘satdan hushdan ketish mumkin, bosh aylanishi doimiy hamrohga aylanadi. Agar bosim gipotoniya uchun me’yor bo‘lgan belgidan pastga tushsa, sog‘liq uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Hayotga tahdid
Bu hazil emas, beparvolik hayoti uchun haqiqiy tahdidga aylanishi mumkin. Bosimning juda keskin pasayishi hech bo‘lmaganda shifoxona bo‘limi bilan tahdid qilishi mumkin: chunki bu jarayon muhim organlarga qon va kislorod yetkazib berishning sezilarli darajada pasayishi bilan bog‘liq. Bu past bosimdan ta’sirlangan organ to‘qimalarining nobud bo‘lishi yurak xuruji, buyrak yetishmovchiligi, insult va boshqa kichik alomatlarning halokatli natijalariga olib kelishi mumkin.
Shifokorga ko‘rinish vaqti keldi
Bosimni asta-sekin normallashtirishni ta’minlaydigan oddiy tavsiyalarga rioya qilishdan tashqari, eng oddiy xavfsizlik qoidalarini ham eslab qolishi kerak. Xo‘sh, qachon shifokorga tashrif buyurish lozim?
Agar bosimning pasayishi hushidan ketish yoki ongni yo‘qotishga olib kelgan bo‘lsa, noxush alomatlar haqida kechiktirmasdan mutaxassisga murojaat qilish kerak.
Agar gipotoniya bilan bir qatorda qattiq charchoq, hayotiylik va energiya yetishmasligidan aziyat cheksangiz, bu yashash va ishlashga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, terapevt bilan maslahatlashish kerak.
Agar past qon bosimi kuchli ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, qayt qilish va vahima bilan birga kuzatilsa, bularning barchasi yurak xurujining belgilari bo‘lishi mumkin.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi