O‘zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga chegaradosh Navoiy viloyatiga tashrifi boshlandi

photo 45 1

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga amaliy tashrif bilan boʻlib turibdi. Bu haqda Prezidentning Matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif davomida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda xalq bilan muloqot qilish rejalashtirilgan.

photo 02 8 1

Navoiy shahrida soat 10:00 holatida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda avval rejalashtirilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda, – deb oʻz Instagram sahifasida yozib qoldirdi, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida mehnatkash, bag‘rikeng, ko‘pmillatli viloyat ahliga chuqur hurmat va ehtiromini bildirdi.

Navoiyda oxirgi 3 yilda $2 000 000 000 lik yirik sanoat loyihalari ishga tushgani ta’kidlandi.

Buning natijasida 10 000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m soliq tushumi va $100 000 000 eksport paydo bo‘ldi.

Yaqinda ishga tushgan “Balpan-tog‘” va “Tomdi-buloq” konlaridan yiliga $3 000 000 tonnadan oltinga boy ma’dan qazib olinadi.

Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida Turbay konini kengaytirish bo‘yicha $130 000 000 dollarlik loyiha ishga tushirish arafasida turibdi. Pistali konida oltinni qayta ishlash bo‘yicha $275 000 000 lik loyiha amalga oshirilmoqda.

Karmanada $35 000 000 lik kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi, Qiziltepada $10 000 000 lik qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi hamda Tomdida $70 000 000 lik fosforit ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Kelgusi yilda $140 000 000 lik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianit tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.