Buxoro yangiliklari
Buxorliklar bojxonachilarga sezdirmasdan aeroport orqali toʻpponcha va miltiq olib kirmoqchi boʻlishdi
O‘zbekiston Respublikasining «Qurol to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ammo, mazkur tartiblarga rioya qilmasdan turib, qurol-yaroq va o‘q-dorilarni olib kirishga urinishlar uchrab turibdi.
Jumladan, kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining «Buxoro xalqaro aeroporti» da xorijdan uchib kelgan fuqaro X. J. yashil yo‘lak orqali harakatlanar ekan, u bojxonachilar e’tiborini tortdi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida esa X. J. yuklari orasida pnevmatik to‘pponcha, gaz balloni va 500 dona metall sharikli o‘qlar borligi aniqlandi.
Yana bir holatda ham “Sheremetyevo (Rossiya) – Buxoro (Oʻzbekiston)” yo‘nalishidagi aviareys orqali uchib kelgan fuqaro “yashil” yoʻlak orqali oʻtayotgan payti oʻzining xatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarida shubha uygʻotadi.
Shundan soʻng mazkur fuqaroning qoʻl yuklari hamda bagaji rentgen apparati orqali tekshiriladi va bojxona dekloratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan “QUATTRO Trigger MOD 85” rusumli, 4,5 mm kalibrli fuqaroviy pnevmatik ov quroli va prujina-porshenli vintovka borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Maʼlumot uchun, respublikamiz bojxonachilari joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan jami 70 dan ziyod bojxona qonunbuzilishi holatlarida 17 dona qurol, 334 dona patron va 2 864 dona gilzalarning (shulardan 4 ta holati Buxoroda) noqonuniy olib o‘tilishining oldini olishdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi