Buxoro yangiliklari

Buxoroda “Qoraqalpoq voqealari” boʻyicha sud jarayoni boshlandi. Dastlabki ma’lumotlar

photo 69 1

Loading

Bugun, 28-noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Y. Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmoqda.

photo 05 83

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar:

Dauletmurat Tajimuratov (1979-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “El xizmetinde” advokatlik byurosi advokati, ilgari “El xizmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi (ishtirokchilikda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Lolagul Kallixanova (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, «Makan» internet-nashri ma’muri) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

Azamat Turdanov (1984-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Axmet Smetullayev (1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Chimboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Dao‘letmurat Djiyemuratov (1984-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Qorao‘zak Sahib” MCHJ direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;

Baxtiyar Kadirbergenov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, «Ayama» veb-sayti ma’muri, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida;

Bayram Seytniyazov (1967-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Allabay Toqimbetov (1973-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, norasmiy tarzda imomlik bilan shug‘ullangan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Qaharman Seytimov (1972-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, tadbirkor) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Azamat Nuratdinov (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Mo‘ynoq tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Seydabulla Medetov (1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, “Keleshek ushun” fermer xo‘jaligi rahbari) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;

Nurlan Nayipov (1968-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, nafaqaxo‘r) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida;

Polat Shamshetov (1977-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Razbek Bekmuratov (1992-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat universiteti o‘qituvchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida;

Sultanbek Kaipov (1992-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida;

Berdax Genjebayev (1996-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandida;

Salamat Kalilayev (1976-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Polat Nurniyazov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Sada-Mars” MCHJ ombor mudiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Saiipnazar Kalimov (1980-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, YATMF bilan shug‘ullanadi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Nurlan Sultamuratov (1998-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Arislan Temirxanov (1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ustyurt geofizika” korxonasi qo‘riqchisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;

Amirbek Adilbekov (1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, sug‘urta kompaniyasi mutaxassisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

photo 02 285

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamog‘i” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

photo 03 199

Sud jarayoni avvalida sudlanuvchilardan ushbu jinoyat ishini ko‘ruvchi sud raisi — Yellibay Abibullayevga nisbatan e’tirozlari bor yoki yo‘qligi haqida so‘raldi. Ularning 30% sudning Abibullayev raisligida o‘tishiga noroziliklarini bildirishgan. Maslahat Kengashi tomonidan esa ushbu masala ko‘rib chiqilib, rad etildi. Sudya o‘z ishini davom ettirdi.

Ma’lumot uchun, gumonlanuvchilar orasida imom (rasmiy vakolati yo‘q), o‘qituvchi, sport murabbiyi, kollej direktori, xususiy korxona rahbari, gazeta muxbiri, bloger va jurnalistlar, fermerlar hamda ishsiz yoshlar ham bor.

photo 04 133

Biroz o‘tib, ishni ko‘rib chiqish jarayonida ayblanuvchilardan biri bo‘lgan Dao‘letmurat Tadjimuratov bir necha iltimosnomalar kiritdi. Jumladan, o‘z ishini qayta ko‘rib chiqilishiga qaratilgan da’vo ham ular orasida. Unga sud zaliga musulmonlar uchun eng muqaddas kitob — Quro’ni Karimni olib kelishlarini so‘radi. Sud bu borada maslahatlashib, rais Y. Abibullayev boshqa sudlanuvchilardan ham bu haqdagi munosabatlarini so‘radi. Qolgan sudlanuvchilar esa sud zaliga Qur’oni karim kitobi keltirilishiga qo‘shilishmadi. Tadjimuratovning iltimosnomasi rad etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Nukus shahridagi tartibsizliklar natijasida 6 681 247 508 soʻm (qariyb 7 mlrd) moddiy zarar yetkazilgan. Prokuror ushbu moddiy zarar aybdorlardan undirilishini so‘radi.

Bugungi sud majlisida davlat ayblovchisi tomonidan o‘qib eshittirilgan ayblov xulosasining qisqacha mazmuniga ko‘ra:

D. Tajimuratov uyushgan guruh tashkil qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining amaldagi hukumatini ag‘darib, o‘zini Jo‘qorg‘i Kenges raisi lavozimiga tayinlash maqsadida joriy yilning 1- va 2-iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirgan;

L. Kallixanova ushbu uyushgan guruhga birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, aholini ommaviy tartibsizlikka da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelgan;

A. Turdanov 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilarni ishtirok etishini ta’minlagan va D. Tajimuratovni yelkasiga o‘tkazib, Jo‘qorg‘i Kengesni egallash maqsadida olib borgan;

A. Smetullayev va D. Djiyemuratov 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgan va o‘zi ham faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni qo‘llab-quvvatlaganlar;

B. Kadirbergenov odamlarni ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, Jo‘qorg‘i Kenges va Nukus xalqaro aeroporti binolarini bosib olishga da’vat qilgan;

B. Seytniyazov Qozog‘iston Respublikasidagi «Allayar joli» diaspora a’zosi bo‘lib, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishga va D. Tajimuratovni qo‘llab-quvvatlovchi bannerlar tayyorlashga yordam bergan;

A. Toqimbetov 2-iyul kuni Xo‘jayli tumanida yig‘ilgan odamlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi mustaqil bo‘lishi lozimligini ma’lum qilib, ularni ommaviy tartibsizlikka da’vat qilib, ularga yetakchilik qilgan;

Q. Seytimov 2-iyul kuni Qorao‘zak tumanida odamlarni to‘plab, ularni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, ularga yetakchilik qilgan;

A. Nuratdinov 2-iyul kuni Qonliko‘l tumanida odamlarni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelib, ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan;

S. Medetov 2-iyul kuni Shumanay tumanida odamlarni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi materiallarni tarqatib kelib, ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan;

N. Nayipov 2-iyul kuni ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi videomurojaat tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan;

P. Shamshetov 2-iyul kuni odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilgan va o‘zi ham ularda faol ishtirok etgan;

R. Bekmuratov 2-iyul kuni “Naupir” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat yetkazib, “PM” markali pistoletini olib qo‘ygan;

S. Kaipov 2-iyul kuni “Naupir” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun safarbar qilingan Milliy gvardiya xodimlariga hujum qilib, ularga tan-jarohat yetkazgan. Bundan tashqari, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomurojaat tayyorlab, uni tarqatish maqsadida saqlab kelgan;

B. Genjebayev 2-iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda Farg‘ona viloyatidan kelgan o‘zbek millatiga mansub 3 nafar shaxsni to‘xtatib, ularga tan-jarohati yetkazib, 3,6 mln so‘m miqdoridagi pullarini va qat’iy hisobdagi hujjatlarini bosqinchilik yo‘li bilan olib kuygan;

S. Kalilayev 2-iyul kuni Kegeyli tumanida ommaviy tartibsizliklarga yetakchilik qilib, millatchilik zamirida Andijon viloyati hokimligi SHTABiga o‘t qo‘yib, mulklarini nobud qilgan;

P. Nurniyazov 2-iyul kuni Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatini cheklash maqsadida yo‘llarni to‘sib, avtoshina yoqishda yetakchilik qilgan;

S. Kalimov 1-iyul kunidagi ommaviy tartibsizliklar uchun ma’muriy qamoqqa olinganlarni ozod qilish maqsadida ularni saqlash joyiga hujum qilib, o‘t qo‘ygan;

N. Sultamuratov 2-iyul kuni Nukus shahar IIO FMB ga qilingan hujumda faol ishtirok etib, daraxt yoqib, yo‘llarni to‘sgan;

A. Temirxanov 2-iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda Xo‘jayli guzari ko‘chasida “Molotov kokteyli” dan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatiga qarshilik qilgan;

A. Adilbekov 2-iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda To‘rtko‘l guzari ko‘prigida “Molotov kokteyli” dan foydalanib, huqfuqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatiga

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.