Salomatlik
Faqat nonushta uchun emas: Tuxumdan qanday yeguliklar tayyorlash mumkin?
Ko‘plab insonlar nonushta uchun tuxumni iste’mol qilishni o‘rgangan va aminokislotalar, vitaminlarga boy ushbu mahsulotdan tez-tez foydalanish kerakligini bilmaydi. Desertlar, kokteyllar, makaron va uyda tayyorlanadigan pirojkalar — tuxumsiz bularning hech qaysini tayyorlab bo‘lmaydi. Tuxumdan tayyorlanadigan bir necha mazali taomlar retseptini taqdim etamiz.
Tuxumli pirojka retsepti
Nachinkasiga kerakli masalliqlar:
qaynatilgan tuxum — 400 gr;
ko‘k piyoz — 125 grl
tuz — 5 gr;
mayonez — 100 gr.
Xamir uchun kerakli masalliqlar:
smetana — 300 gr;
sariyog‘ — 180 gr;
tuz — 10 gr;
un — 700 gr.
Tayyorlanishi: Yumshoq sariyog‘, smetana, tuz, unni qo‘shib xamir qiling. Tayyor bo‘lgan xamirni 20 g bo‘laklarga kesib olib, yoyib chiqing. Qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing va unga mayda to‘g‘ralgan yashil piyoz, mayonez, tuz, qora murch qo‘shib aralashtiring. Tayyor xamirga 30 g nachinkani yoyib soling. Pirojkalarni o‘zingiznga yoqqan shaklga keltirib ustiga tuxum aralashmasini surting. Pirojkalarni 180 daraja haroratda 10-12 daqiqa davomida pishiring.
Okroshka
Kerakli masalliqlar:
kvas — 1 litr;
qaynatilgan tuxumning sarig‘i — 4 dona;
issiq xantal — 50 gr;
tuz, qalampir — ta’bga ko‘ra;
ukrop barglari — 40 gr.
Okroshka uchun:
tozalangan bodring — 40 gr;
rediska — 30 gr;
tuxum oqi — 30 gr;
qaynatilgan til — 50 gr;
qaynatilgan kartoshka — 40 gr;
ko‘k piyoz — 10 gr;
ukrop — 5 gr;
tuz, qalampir — ta’bga ko‘ra;
uyda tayyorlangan smetana — 30 gr;
Tayyorlanishi: Birinchi navbatda kvasga qaynatilgan tuxum sarig‘ini, xantalni bilan maydalab qo‘shing, so‘ngra bir xil massaga kelguncha aralashtirib oling. Kvasga ta’bingizga qarab tuz va qalampir qo‘shing. Barcha mahsulotlarni uzunligi bo‘ylab kesing va aralashtirib, ustidan kvasni quying. Dasturxonga tortishdan oldin okoroshka ustiga yashil piyoz va ukrop seping.
Karbanora spaggetisi
Kerakli masalliqlar:
spagetti — 120 gr;
33%li qaymoq — 50 ml;
zaytun moyi — 10 ml;
tovuq bulyoni — 100 ml;
pishloq — 15 gr;
tuxumi — 2 dona;
dudlangan mol go‘shti — 30 gr;
tuz, qalampir — ta’bga ko‘ra;
Tayyorlanishi: Spagettini yarmi pishganicha qaynatib oling. Dudlangan mol go‘shtini zaytun moyida qovuring, so‘ngra unga tovuq bulyoni, spagettini qo‘shing va sousni biroz kamaytiring. Ustiga tuxumning xom sarig‘i va maydalangan pishloq, tuz, qalampir va qaymoq qo‘shing. Tayyor makaronni idishga soling. Ustiga ozgina qovurilgan tuxum, maydalangan pishloq seping va zaytun moyi bilan soling.
Krem-bryule
Kerakli masalliqlar:
sut (3,2-3,5 foizlik) — 70 ml;
qaymoq (33-35 foizlik) — 70 ml;
shakar — 25-30 gr;
tuxum sarig‘i — 2 dona;
vanillin — 2 gr;
jigarrang shakar — 20 gr;
qulupnay — 1-2 dona;
qorag‘at — 3-5 ta dona;
qizil smorodina — 1 dona;
yalpiz – 1-2 ta barg;
Tayyorlanishi: Sut va qaymoqni 80 daraja haroratda qizdiring. Birinchi tuxum sarig‘i va shakarni, keyin esa qaymoqni sut bilan aralashtiring. Unga vanillin qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Olingan massani qolipga quying va 120-130 daraja haroratda 15-25 daqiqa davomida pishiring. So‘ngra pishiriqni sovutib oling. Tayyorlangan krem-bryulening ustiga jigarrang shakar seping, keyin esa karamel qobig‘i va jigarrang hosil bo‘lguncha pishiring. Pishiriqning ustini yangi rezavorlar (oldindan shakar bilan smorodina seping) va yalpiz bilan bezang.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi