Salomatlik

Ishdan keyin tez tayyorlanadigan kechki ovqat

photo 906

Loading

Mazali qiymali grechka

Ishdan charchab kelib, ovqat tayyorlagingiz kelmayotgan bo‘lsa, tez tayyor bo‘ladigan, qiyma va sabzavotlar qo‘shib mazali grechkali ovqatni pishiring. Grechkali taom mazali ta’m va foydali xususiyatlarga ega. Grechkaga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar:
1. Qiyma — 500 gr;
2. Grechka — 100-500 gr;
3. Pomidor — 2 dona;
4. Piyoz — 1 dona;
5. Sabzi — 1 dona;
6. Tomat pastasi — 1 osh qoshiq.
Shuningdek, ta’bga ko‘ra sarimsoq, tuz, qalampir, ziravorlar solinadi.

Tayyorlanishi:
Idishga sariyog‘ va o‘simlik yog‘ini solib qiymani qizargunga qadar pishirib oling. Unga to‘g‘ralgan sabzi va piyozni qo‘shing. Qiyma va sabzavotlarga tuz, qalampir va ziravorlarni qo‘shing. Tomat pastasi va to‘g‘ralgan pomidorni qo‘shib qovuring. Qovurilgan mahsulotlarga yaxshilab yuvilgan grechkani soling va keyin qaynoq suv quying. Grechkani 20 daqiqa pishguniga qadar dimlab qo‘ying. Keyin esa unga mayda to‘g‘ralgan sarimsoq va ukrop qo‘shib dasturxonga qo‘ying. Yoqimli ishtaha!

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.