O‘zbekiston
Buxoroda nega elektr tokini koʻp oʻchirib qoʻyishyapti?
Rasmiylar elektr energiyasiga joriy etilgan cheklovlarga izoh berishdi.
Respublikamizga kirib kelgan sovuq havo oqimi, ayni paytda ko‘plab hududlarda qalin qor yog‘ishi va haroratning keskin tushib ketishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham sezilarli darajada ortganini ta’kidlash joiz.
Ana shunday vaziyatda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilib, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib borishi natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham mos ravishda tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 4-dekabr kuni respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 219 mln kVt/s ni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 22 mln kVt.soat yoki 11% ga ko‘pdir. Shuningdek, dekabr oyining dastlabki 4 kunida respublika bo‘yicha iste’mol hajmi 875 mln.kVt.soatni tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 93 mln.kVt.soat yoki 12% ga ko‘pligini aytish lozim.
Yuqoridagilarni inobatga olib, xususan, energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va elektr energiya ishlab chiqarish ob’yektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yirik avariyalar vujudga kelishini oldini olish maqsadida Respublikamizning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritilmoqda.
O‘z navbatida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning barcha tarkibiy korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan joylarda sodir bo‘layotgan avariyali holatlarni bartaraf etishga qaratilgan zarur choralar tezkorlik bilan ko‘rilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Buning uchun respublika bo‘yicha jami 1 434 nafar xodimdan iborat 478 ta tezkor avariyaviy chiqish brigada hamda ularga 398 ta maxsus avariyaviy chiqish mashinasi va texnikalar safarbar qilingan.
Fursatdan foydalanib, iste’molchilardan ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlash uchun imkon qadar elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.
Elektr energiya ta’minoti bilan bog‘liq har qanday muammoli vaziyatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tunu kun faoliyati yo‘lga qo‘yilgan 1154 qisqa raqamli Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki Telegram orqali https://t.me/HET_admin ga o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin.
Yuqoridagi uzundan-uzun rasmiy izohni Energetika vazirligi eʼlon qilgan. Bizning tahririyatda esa millionlab oʻzbekistonliklarda boʻlgani kabi faqat bitta savol bor va uni biz quyidagi 2 satrda sigʻdiramiz:
Yoz: kutilmagan anomal issiq ob-havo natijasida joylarda elektr uzilishlari kuzatilyapti. Vaziyatga to‘g‘ri baho berib, tushunishingizni so‘rab qolamiz.
Qish: kutilmagan sovuq havo oqimi va qor yog‘ishi natijasida elektr uzatilishida muammolar bo‘lmoqda. Gaz bosimi pasayib ketgan. Vaziyatga to‘g‘ri baho berib, tushunishingizni so‘rab qolamiz.
O‘zi qachon kutilgan ob-havo bo‘ladi?
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi