Buxoro yangiliklari

Qorovulbozor va Kogon tumanida ruxsatnomasiz qurol olib yurgan fuqarolar jazolandi

photo 109 1

Loading

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yilning 8-dekabr kuni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani “Amu Buxoro” kanalining chap va o‘ng qirg‘oqlari hududida hamda Kogon tumanining choʻl hududlarida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi. Natijada bir necha qonunbuzar aniqlandi.

Xususan, fuqaro A. H. o‘ziga tegishli bo‘lgan ov qurolini hech qanday ruxsatnomasiz va ov beletisiz otishga shay holatda olib yurganligi aniqlandi.

Ikkinchi holatda ham 8-dekabr kuni Kogon tumani o‘rta cho‘l hududidan fuqaro A. H. o‘ziga tegishli bo‘lgan ov qurolini hech qanday ruxsatnomasiz va ov beletisiz otishga shay holatda olib yurganligi aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan fuqarolar A. H. va A. A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 90-moddasi, 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.