Salomatlik

Homilador ayollarga qahva ichish mumkinmi?

photo 118 1

Loading

Hayotini qahvasiz tasavvur qila olmaydiganlar uning qanday oqibatlarga olib kelishi kerakligini bilib olishi kerak. Ayniqsa farzandli bo‘lishga qaror qilganlar uchun bu odatdan voz kechish qiyin. Homiladorlik davrida qahva ichish organizmga qanday ta’sir qiladi? Quyida ushbu savolga javob izlaymiz.

Farzand kutayotgan ayollarda uyqu rejimi ko‘pincha o‘zgaradi. Tetiklantiruvchi qahva ichish esa vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Natijada uxlash umuman qiyinlashadi. Shuning uchun qahvani choy yoki boshqa foydali ichimlik bilan almashtirish tavsiya etiladi.

Anemiya
Qahva tarkibida fenol mavjud bo‘lib, u qondagi temir moddasini yomon so‘rilishiga olib keladi. Ushbu modda tufayli vahima ham paydo bo‘lishi mumkin — tug‘ruq va kutilayotgan o‘zgarish qo‘rquvi kabi.

Jig‘ildon qaynashi
Homiladorlik davrida organizm ayolda sog‘lom embrion shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan progesteron gormonini faol ravishda ishlab chiqaradi. Uning harakati ostida ichaklar bo‘shashadi. Oshqozon kislotasi fiziologik chegaralardan tashqariga chiqishi mumkin va jig‘ildon qaynashiga olib keladi.

Uyqusizlik, anemiya va jig‘ildon qaynashi boshqa jiddiy alomatlar kabi yomon emas. Qahvadan tez-tez ichish homila bilan bog‘liq xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Homilaning vazni kamayadi
Homiladorlik davrida metabolizm sekinlashadi, shuning uchun ayolning organizmida kofein miqdori qahva ichmasa ham ko‘payishi mumkin. Ushbu moddani o‘z ichiga olgan ichimlikni ko‘p miqdorda qabul qilish esa tug‘ilmagan homilaning vazniga ta’sir qiladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda taxikardiya
Onaning organizmida kofeinning ko‘payishi fonida bolaning yurak urishi tezlashadi. Taxikardiya hatto tug‘ilishda ham davom etishi mumkin. Agar bolada yurak-qon tomir patologiyasi aniqlangan bo‘lsa, jiddiy asoratlar ham paydo bo‘ladi. Odatda, chaqaloqdagi taxikardiya tug‘ilgandan keyin ikkinchi yoki uchinchi kuni yo‘qoladi, ammo istisno tariqasida tuzalmasligi ham mumkin.

Qahva iste’molini nazorat qilish qiyin emas, uni quyidagi hollarda ichish mumkin:

1. Kuniga faqat bir stakan iste’mol qilish — bu taxminan 200 ml;
2. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmaganda;
3. Gazli ichimliklarni ko‘p ichmaslik (kola tarkibida 40 mg kofein mavjud);
4. Tug‘ilmagan farzandingiz sog‘lom va barcha me’yorlarga muvofiq rivojlanayotganiga ishonchingiz komil bo‘lganda.

Shuni esda tutish kerakki, kofein nafaqat barcha qahva ichimliklar, balki shirinlik, shokolad, gazaklar va hatto choyda ham bor. Shuning uchun homilador ayol kofeinni iste’mol qilish nisbatini kuzatishi kerak.

Ammo qahva ichishning afzalliklari ham bor:

Birinchidan, kofein qondagi dofamin darajasini oshiradi. Insonning kayfiyati ko‘tariladi.

Ikkinchidan, sutli qahva ichish, qonda kalsiy miqdori ko‘tarilishiga yordam beradi. Bu nafaqat bo‘lajak ona uchun, balki bolaning o‘ziga ham kerak.

Uchinchidan, qahva diqqatni muhim narsalarga qaratishga yordam beradi, chunki homilador ayollarda aqliy faoliyat kamayadi.

Ko‘rib turganingizdek, qahvaning nafaqat kamchiliklari, balki afzalliklari ham bor. Ammo hamma narsada me’yorni bilish kerak.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.