Hodisalar

Buxoro shahri va Kogon hamda Buxoro tumanlarida “paq-paqa” sotuvchilari ushlandi

photo 935

Loading

O‘zbekiston Respublikasi IIV ning joriy yil 12-oktabr kunidagi tegishli ko‘rsatmasi asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga qarshi nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda, – deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Jumladan, 7-dekabr kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Buxoro viloyati ichki ishlar oganlari xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 3 ta holat aniqlanib, jami 2 340 000 so‘mlik 230 qadoqda pirotexnika vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

1-holat. Kogon tumani, O‘rtahoji ko‘chasida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan I. S. ga tegishli 20 qadoq ya’ni 220 000 so‘mlik “Treniya” yozuvli pirotexnikani sotish maqsadini ko‘zlab saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

photo 02 298

2-holat. Buxoro tumani, Udurgi ko‘chasida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan N. M. ning yonidan 10 qadoq ya’ni 120 000 so‘mlik “Britanik” yozuvli pirotexnika vositalari topiliub, uni sotish maqsadini ko‘zlab saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

photo 03 205

3-holat. Buxoro shahri, “Oybek” mahallasi A. Jomiy ko‘chasida yashovchi 2001-yilda tug‘ilgan S. I. ga tegishli bo‘lgan 11 000 dona ya’ni 200 qadoq “Treniya” va “Britanik” yozuvli 2 000 000 so‘mlik pirotexnika vositalarini sotish maqsadini ko‘zlab saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

photo 01 182

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risagi Kodeksningning 1851-moddasi bilan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.