O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Toshkentdagi “Shirin” mahallasiga bordi

photo 940

Loading

Davlatimiz rahbari «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Chilonzor issiqlik markazini borib ko‘rdi.

Ushbu majmua 1969-yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta ko‘p qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha ob’yektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi.

So‘nggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan. Issiqlikni uzatishda yo‘qotishlar bor. Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari issiqlik ishlab chiqarishning muqobil manbalarini izlash, quvurlar va uylarda haroratni asrash zarurligini ta’kidladi.

photo 03 206

Toshkent shahri tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qo‘shimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi ma’qullandi. Bunday bitta qurilma 1 340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi “Shirin” mahallasini kirib ko‘rdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi.

photo 02 299

Yurtboshimiz bu yerdagi kommunal xizmatlar sifati, shu jumladan xonadonlarda issiqlik ta’minoti bilan shaxsan tanishib, u yerdagi ahvolni ko‘zdan kechirdi. Mahalladagi vaziyat Prezidentimizning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mahalladagi vaziyat Prezidentimizning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.