Islom

Qiz bolaning yolg‘iz o‘zi uzoq mamlakatga o‘qish uchun borishi mumkinmi?

photo 943

Loading

Savol: Qizim chet elda o‘qishni juda istaydi. U juda ham a’lochi. Dadasi va akalari “qiz bola mahramsiz chet mamlakatga borishi mumkin emas” deya ruhsat berishmayapti. Ammo men ilm olish niyatida qiz bola uzoq mamlakatda o‘qishi joizligi haqida o‘qigandim. Dinimizda bu masalaning hukmi aslida qanday?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Islom dini, eng nozik xilqat sanalmish ayollarning iffati va izzat-obro‘lariga katta ahamiyat bergan. Ayol qizlarimizning ta’lim olishlari maqtovga sazovor. Lekin har qanday yaxshi ish ham dinimiz ko‘rsatmasiga muvofiq bo‘lishi lozim. Shariatimizga ko‘ra piyoda yurganda uch kecha-kunduzlik masofaga – safar masofasi deyiladi. Ana shu safar masofasicha bo‘lgan joyga ayol-qizlarimiz o‘z mahramlari bilan birgalikda safarga chiqishlari lozim. Bu haqida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom shunday deganlar:

“Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan ayol uchun uch kunlik va undan ortiq masofaga otasi yoki o‘g‘li yoki eri yoki aka-ukasi yoki mahram qarindoshisiz safar qilishi halol bo‘lmaydi”

Shundan kelib chiqib, ilm olish niyatida bo‘lgan qizingizni mahram qarindoshi bilan birgalikda o‘qishga yuborishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.