Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ixtiyor Abdulxakov Singapurda nima qilyapti?

photo 951

Loading

Ayni kunlarda o‘zbekistonlik bir guruh sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari Singapurga malaka oshirish uchun yuborildi.

Qayd etish o‘rinliki, ushbu loyiha Sog‘liqni saqlash vazirligi va NANYANG Singapur xalqaro instituti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga asosan amalga oshirildi.

photo 02 303

Singapurda tashkil etilgan “Yetakchilar uchun jamoat salomatligini boshqarish” o‘quv kurslarida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining hududiy boshqaruv apparati mutaxassislari, ixtisoslashgan markazlar filiallari rahbarlari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari bosh vrach va o‘rinbosarlari va tumanlar tibbiyot birlashmalari boshliqlaridan iborat 25 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda.

photo 03 208

Ularning zimmasiga Singapur Respublikasining sog‘liqni saqlashni boshqarishdagi ilg‘or tajribalarini o‘rganib, mamlakatimizda tibbiyot sohasiga tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Buxoro viloyat SSB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Buxorodan yagona ishtirokchi bo‘lgan viloyat hokimligi huzuridagi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abdulxakov Ixtiyor Umarovich ham ushbu maxsus kurslarda faol qatnashmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.