Buxoro yangiliklari

Shofirkon tumani prokuraturasi iste’mol qiladigan elektr energiyasining 80% ni beruvchi quyosh panellari o‘rnatdi

photo 960

Loading

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni ijrosibi ta’minlash uchun Buxoro viloyat prokuraturasi organlarining ma’muriy bino va inshootlarida muqobil energiya manbalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati.

Xususan, kuni kecha Shofirkon tuman prokuraturasi binosida 237,7 metr2 maydonni egallagan, muqobil energiya manbasining umumiy quvvati 50 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha ishlar yakunlandi.

photo 03 211

Ushbu stansiya kun davomida 220,62 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, yil davomida binoni 80 500 kVt/soat elektr energiya bilan ta’minlaydi. Bu orqali umumiy iste’molning o‘rta hisobda 75-80% qoplanib, 65 000 000 so‘mlik elektr energiyasini tejash imkoni yaratiladi.

photo 02 309

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni viloyatdagi mavjud prokuratura organlariga tegishli boshqa binolarda ham jadallik bilan davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.