Buxoro yangiliklari

Mir Arab Oliy madrasasiga yangi rektor tayinlandi

photo 961

Loading

Mir Arab Oliy madrasasiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir Elov Buxoro shahridagi Mir Arab Oliy madrasasiga rektor etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, J. Elov 2018-yildan buyon Buxoro viloyati bosh imom-xatibi bo‘lib, ishlab kelmoqda. Bungacha u Buxoro shahrining Maksim Karim ko‘chasida joylashgan Boloi Hovuz jome masjidi imom xatibi lavozimida gaoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Madrasa haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.

Adliya vazirligining xabar berishicha, berilgan ko‘rsatmalarga asosan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Mir Arab oliy madrasasi tashkil qilinib, 2017-yil 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu diniy ta’lim muassasasining tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan fuqarolarning vijdon erkinligi hamda diniy ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil qilingan mazkur diniy ta’lim muassasasi oliy Islom bilim yurti hisoblanishini ta’kidlagan holda, uni O‘zbekiston xalqiga sof Islom dini asoslarini mukammal o‘rganish va mamlakatda diniy bag‘rikenglikning ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda Buxoro viloyatida yangi tashkil qilingan Mir Arab oliy madrasasidan tashqari Mir Arab islom o‘rta maxsus bilim yurti ham o‘z faoliyatini davom ettirib boradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.