Buxoro yangiliklari
Buxoroda 424 ta suv xo‘jaligi obyektlariga kadastr pasportlari shakllantirib berildi
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 12 apreldagi “Muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda muassasa axborot xizmati.
Jumladan, 2022-yilning 11 oyi davomida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan jami 424 ta umumiy maydoni 36 479 ga suv xo‘jaligi obyektlarining kadastr pasportlari shakllantirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlangan.
Shuningdek, Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga qarashli viloyat hududidan o‘tgan umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari xatlovdan o‘tkazildi. Tegishli tartibda ushbu avtomobil yo‘llariga kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda.
“– Hozirga qadar Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi 4 012 kilometr avtomobil yo‘li xatlovdan o‘tkazildi. Ularga kadastr pasporti tayyorlanib, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi”, – deydi viloyat kadastr boshqarmasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Mirshod Shukrullayev.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi