O‘zbekiston

Buxoroda arzonlashitirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi – ro‘yxat

photo 988

Loading

Yangi yil kirib kelishi oldidan odamlarning turli oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishga bo‘lgan talabi ortishi tabiiy albatta. Sababi, oila a’zolari, yaqin qarindoshlar va bayram bahonasida xonadonlarimizga tashrid buyuruvchi mehmonlar uchun sara dasturxon yozib, shirin suhbat qurish nafaqat buxoroliklar balki, deyarli butun dunyo aholisi uchun chiroyli an‘anaga aylanib qolgan.

photo 02 315

Shundan kelib chiqib, Buxoro aholisiga yanada qulaylik yaratish, yangi yil bayramini munosib kutib olishlari uchun ham shahar hokimligi bugundan boshlab, 2023-yilning 5-yanvariga qadar Buxoro shahrining 5 ta hududida arzonlashtiilgan qishloq xo‘jaligi hamda go‘sh va go‘sht mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etildi.

Yarmarka tashkil etilgan hududlar:
1. Markaziy dehqon bozori;
2. To‘qimachi dehqon bozori;
3. Buxoro qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji sotish bozori;
4. Arq qo‘rg‘oni yonidagi maydonning old tomoni;
5. “Buxoro savdo majmuasi” bubg old tomoni.

photo 04 140

Mazkur yarmarkalarda 20 ga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda mol, qo‘y, tovuq go‘shtlari, baliq, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring va asal kabi mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda savdoga chiqarilgan, – deya xabar bermoqda Buxoro shahar hokimligi matbuot xizmati.

photo 05 85

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatdagi barcha tumanlar bozorlari hududlarida ham xuddi shunday yarmarkalar tashkil etilgan.

photo 03 216

Shahrimiz aholisi va mehmonlarini yana bir bor arzonlashiitirlgan mahsulotlar yarmarkalariga taklif etamiz!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.