O‘zbekiston

Oʻzbekistonda 26-dekabrdan yangi 1 000 soʻmlik tanga muomalaga chiqariladi. Toʻliq maʼlumot

photo 153 1

Loading

Bugun, 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzining rasmiy saytida 2022-yilning 26-dekabridan boshlab nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishida pul belgilari muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat bo‘lib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan.

Tanga diametri – 26,27 mm, ichki disk diametri – 17,6 mm, qalinligi – 1,6 mm, og‘irligi – 7,3 gr.

Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi” ning binosi tasvirlangan.

Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati “1000” raqami va lotin bosma harflarida “soʻm” so‘zi yozilgan.

Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma lotin harflarida aylanasimon ko‘rinishda “OʻZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.

Gerbning ostida tanga namunasi tasdiqlangan yil – “2022” raqami ko‘rsatilgan.

Tanganing yon qirrasi silliq ishlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shuni alohida qayd etadiki:
– muomalaga chiqarilayotgan 1 000 so‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2001-yil namunasidagi 1 000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi. Ya’ni, 2001-yil namunasidagi 1 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi;
– yangi ko‘rinishdagi ushbu pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.