Buxoro yangiliklari
Buxoroda 2022-yil davomida nechta yangi obyekt kadastr hujjatlarini oldi?
Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14-21-dekabr kunlarida jismoniy va yuridik shaxslardan ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish borasida jami 1 275 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 412 ta obyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda bu borada eng ko‘p arizalar Buxoro shahridan kelib tushgan bo‘lsa, eng quyi ko‘rsatkich Qorovulbozor tumaniga to‘g‘ri keladi.
2022-yilning o‘tgan davrida esa jami 182 142 ta ko‘chmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Shu oʻrinda muhim eslatma. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obyektni takroran yuborish, arizada kadastr raqamini xato kiritish, huquqni belgilovchi hujjatlarni to‘liq taqdim etmaslik, huquqiy hujjatda ajratilgan yer maydonidan ortiqcha yer maydoniga qurilish qilgan holda ariza kiritish kabi holatlar uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga sabab bo‘ladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi