O‘zbekiston

24-dekabr kuni Jondor savdo majmuasi oldida nima bo‘ldi?

photo 1010

Loading

Yangi yil bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Respublikamizning barcha tumanlarida bo‘lgani kabi Jondor tumanida ham tuman aholisi bayramni ko‘ngildagidek o‘tkazishi uchun tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, joriy yilning 24-dekabr kuni bayramni ko‘tarinki ruhda va betalofat o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan maxsus shtabning o‘quv-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali “Jondortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi mutaxassislari hamda boshqa tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi.

photo 02 322

Tadbirda mazkur shtab tomonidan bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maskanlarda obodonlashtirish ishlari, jamoat tartibi, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, pirotexnika vositalari sotilishining oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilab olindi. Bu ishga huquq-tartibot idoralari bilan birga jamoatchilik vakillari ham jalb etildi.

photo 03 220
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.