Jahon

Xiaomi xodimlarini boʻshatmoqda. Endi mobil telefonlar narxi yana oshadimi?

photo 167 1

Loading

Xitoyning «Xiaomi» texnologik kompaniyasi ommaviy ishdan bo‘shatishni boshladi. U xarajatlarni kamaytirish maqsadida xodimlarining 10% ni qisqartirishni rejalashtirmoqda, – deb yozmoqda “Financial Times” nashri.

Xiaomi bu qadamni global inflyatsiya,davlatning COVID-19 epidemiyasi bilan kurashi, shuningdek smartfonlarga bo‘lgan talabning pasayishi fonida qo‘yishga majbur bo‘lgan. Daromad va foydaning pasayishi ketma-ket 3 chorakda qayd etildi.

Qayd etish joizki, kompaniya xodimlari joriy yilning 30-sentabr holatiga ko‘ra, 35 000 nafardan ortiqni tashkil etgan.

Ishdan bo‘shatishlar bir nechta bo‘linmalar, jumladan smartfonlar biznesi bo‘limida ham amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, smartfonlarning global bozori 2014-yildan beri eng yomon 3-chorakni boshdan kechirmoqda. Bu chorakda smartfon bozorida yetkazib berish koʻrsatkichlari 9% foizga tushgan. Bunday salbiy holat butun yil davomida kuzatildi. Tahlilchilarning fikricha, talabning pasayish tendensiyasi yana 9 oy davom etadi.

Ushbu yangilikning esa smartfonlar narxlariga qanday taʼsir qilishi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda. Demak, kuzatamiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.