Jahon

Shimoliy Koreya hakerlari Janubiy Koreyaliklarga hujum uyushtirdi

Janubiy Koreyaning taniqli siyosatchilari Shimoliy Koreya hakerlari kiberhujumi qurboniga aylandi, – deya xabar bermoqda “South China Morning Post” nashri.

Xususan, Shimoliy Koreya hukumati hakerlari 2022-yilning aprel oyidan buyon Janubiy Koreyaning 892 nafar siyosatchilari va akademiklarga nisbatan kiberhujumlar uyushtirgan. Buning oqibatida hakerlar Janubiy Koreyaga nisabatan $626 000 000 miqdorida zarar yetkazgan.

Garchi Shimoliy Koreya xakerlar o’z raqamli izlarini yetarli darajada yashirishganiga qaramay, ularning elektron dalillari 2014-yilda Janubiy Koreya Atom elektrostantsiyasini buzgan Shimoliy Koreya hakerlar guruhi manzillari bilan bir xilda ekanligi aniqlangan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version