Islom

Haj va Umra ziyoratiga teng amal bormi?

Savol: Haj va umra ziyoratiga teng amal bor deb o‘qidim. U amal 2 rakat ziho namozi ekan. Shu to‘g‘rimi? To‘g‘ri bo‘lsa o‘qilish tartibini aytsangiz, iltimos.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Siz o‘qigan rivoyat mana bu : «Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq», deyilgan.

Demak, siz bomdodni jamoat bilan o‘qiysiz keyin to quyosh chiqib namoz o‘qish mumkin bo‘ladigan vaqt bo‘lguncha, ya’ni quyosh chiqqanidan 15 daqiqa o‘tguncha zikr, istig‘for, tilovati Qur’on, salavot va duoda bo‘lib o‘tirasiz va ikki rakat namoz o‘qiysiz. Ana shu tartibda o‘qisangiz, va’da qilingan o‘sha ulkan ajrga ega bo‘lasiz. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, bu bilan zimmaga farz bo‘lgan haj soqit bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version