Maşhurlar
“Kichik singlimni dunyoga kelishini xohlamaganman” — Rayhon Ulasenova

Oʻzbek shou-biznesining mashxur aktrisalaridan biri Rayhon Ulasenova Instagram sahifasi orqali, kichik singlisi Zulayho Iforzodani tabrikladi va bolaligida singlisi tugʻilishini istamaganligi, ammo hozirda eng yaqin insonlari singillari ekanligi haqida gapirdi.
«– Singlim Zulayho tugʻilgan yil va kun xamon esimda…Rayxon Shaxobiddinova deyarli 14 yoli uzicha KATTA kiz. Men onamdan kattik ranjiganman. «Axir meni ukam va singlim borku, yana tugib nima kiladilar?! Uzi otam bilan onamni Jaxongir va Oyxon bilan bulishish kerak, yana singil kelyabdi” deb tushkunlikka tushganman. Zulayxo Uyga kelganida juda-juda yomon kurganman. Yillar utib singillarim eng yakin dugonalarim, sirdoshlarim ekanligini tushunib yetdim. Jigarlarim doimo sog-omon bulishsin, amiyn! Men seni yaxshi kuraman», — deb yozadi Rayhon Ulasenova