Buxoro yangiliklari
Olot tumanida IIB huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning qayta jinoyat qilmasliklari borasida profilaktik ishlar olib bormoqda

Olot tumani IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan hisobda turgan shaxslarning qayta jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etishlarining oldini olish, ushbu shaxslarni bandligini ta’minlash borasida doimiy profilaktik tadbirlar olib borilmoqda, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.
Xususan, kuni kecha tuman IIB xodimlari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarning yashash manzillariga borib, sud tomonidan o‘rnatilgan cheklovlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Qayd etish joizki, bu kabi profilaktik nazorat tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida muntazam ravishda davom etmoqda.