Maşhurlar

“Bu yil men uchun juda qiyin bo‘ldi” — Munisa Rizayeva

Taniqli xonanda Munisa Rizayeva Instagram sahifasida o‘tgan 2022-yildan olgan darslari, xulosalari hamda yangi yilga rejalar tuzish haqida gapirdi.

“– Yil o‘z nihoyasiga yetmoqda, xulosalar qilish va kelajak uchun rejalar tuzish vaqti keldi. Bu yil men uchun juda qiyin bo‘ldi, bu yil – qayta o‘ylash va “qayta ishga tushirish” yili edi. Yil davomida men inson boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim va natijada men ko‘p narsalarni o‘rgandim. Yil oxiriga kelib esa men xotirjamlik topdim, xafagarchiliklardan xalos bo‘ldim. Bu oson bo‘lmadi, lekin men uni munosib natijalar bilan yakunladim. Yilning eng sehrli bayramida xonadonlaringizda o‘zaro tushunish, iliqlik va quvonch bo‘lishini chin dildan tilayman. Sizga mustahkam sog‘lik, farovonlik, tinchlik va hamjihatlik tilayman!”, — deb yozgan xonanda.

Avvalroq xonanda o‘zini bir necha marta o‘ldirishga harakat qilgani haqida xabar bergan edik.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version