Buxoro yangiliklari

Buxoroda avtoavariyalarni oldini olish uchun yo‘llardagi muzlamalar bartaraf qilinmoqda

Xabaringiz bor kecha, 9-yanvar kechdan so‘ng Buxoroda yog‘ishni boshlagan qor bugun, 10-yanvar tongga qadar davom etdi. Buning natijasida viloyatimiz yo‘llarida muzlama holati yuzaga keldi.

Aynan ana shunday yuzaga kelgan muzlamalarni bartaraf qilish maqsadida Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llar boshqarmasi hamda Buxoro viloyati IIB YHX xodimlari o‘zaro hamkorlikda kuchaytirilgan tarzda ish rejimiga o‘tib, erta tongdan boshlab viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan barcha avtomobil yo‘llari, shuningdek Buxoro shahridagi avtomobil yo‘llarini qordan tozalash va muzlamalarni eritish tadbirlari tashkil etildi.

Buning uchun maxsus ajratilgan texnika hamda ishchilar yordamida qorlar tozalanmoqda hamda qum-tuz aralashmasini sepish ishlari davom etmoqda

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version