Buxoro yangiliklari
25 yashar navoiylik ayol G‘ijduvondagi tilla taqinchoqlar do‘konidan sotuvchining ko‘z o‘ngida uzuk o‘g‘irlab ketgan

2022-yil 9-dekabr kuni noma’lum shaxs, G‘ijduvon tumani, “Sharq” mahallasida joylashgan “Xo‘jai Jahon buyum bozori” dagi tilla taqinchoqlar sotiladigan savdo do‘koniga mijoz sifatida kelib, 30 yoshli sotuvchi J. N. ni aldab, unga tegishli taqinchoqni sotib olmoqchiligini va taqib ko‘rishini aytib, bahosi 1 000 000 so‘mlik 1 dona ayollar tilla uzugini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.
Shunda sotuvchi J. N. IIB ni mazkur holat haqida xabardor qilgan va O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati, Nurato tumanida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan M. O‘. ismli ayol sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu ayolning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.