Buxoro yangiliklari
Buxorodagi maktablarda darslar qachondan boshlanishi rasman e’lon qilindi

Bugun, 10-yanvar ertalabdan internetda maktablar, kollej va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish ertadan boshlanadi, 0degan xabarlar tarqala boshlandi. Bunday xabarlar buxoroliklarni ham shoshirib qo‘ygani rost.
Bir necha daqiqa oldin Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati ham ushbu xabarlarga nisbatan munosabat e‘lon qildi:
“– Joriy yilning 11-yanvar kunidan boshlab viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida 2022-2023-o‘quv yili 3-choragi o‘quv jarayonlarining an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz”, – deyiladi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xabarida.
Bundan avval esa Buxoro viloyati hokimining shu haqidagi qarori nusxasi tarqalgan edi:
Demak, Buxorodagi barcha maktablarda dars jarayonlari ertaga, 11-yanvardan boshlanadi.