Buxoro yangiliklari

Tezkor! Oʻquvchilar va talabalar uchun 16-yanvargacha taʼtil eʼlon qilindi – Buxoro viloyati hokimligi

Bugun, 12-yanvardan boshlab buxorolik maktab oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun 16-yanvargacha taʼtil eʼlon qilindi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida bugun, 11-yanvar kunidan an’anaviy tarzda o‘qish boshlangan edi.

Biroq sovuq ob-havo sharoitida ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 16-yanvar kunidan boshlanishi belgilandi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim maskanlari ham o‘z ishini 16-yanvar kunidan boshlaydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version