Buxoro yangiliklari
Ertaga, 13-yanvardan boshlab Buxoroda “metan zapravkalar” 3 soat ishlaydi, ayrim korxonalarga gaz yetkazib berish toʻxtatiladi

Anomal sovuq harorati kuzatilayotganligi sabab, aholi isteʼmolchilariga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida metan gazi bilan savdo qiluvchi ”zapravka”lar faoliyati cheklanmoqda. Bu haqida
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali xabar qilmoqda.
Xususan, joriy yilning 13-yanvar kunidan boshlab avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari ish faoliyati quyidagi tartibda faoliyat koʻrsatadi:
Ish rejimi:
soat 07:00 dan to 10:00 gacha
Shuningdek, viloyatdagi mavjud umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ishlab chiqarish tashkilotlariga ham tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Mazkur cheklovlar Buxoro viloyatida anomal sovuq havo harorati oʻtib ketguniga qadar amal qiladi.
Xabar yangilandi: Gaz quyish shaxobchalari bugun, 12-yanvar kunidan yuqoridagi ish rejimiga oʻtdi.