Buxoro yangiliklari
Bugun, 12-yanvar kuni Buxoroda havo harorati –30°C gacha sovuq boʻladi

Bu haqida Oʻzgidromet xabar qilmoqda.
Sovuq arktik antisiklon markazi Orol dengizidan o‘tmoqda. Ertaga respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘larda qor yog‘ishi mumkin.
Bugun, 12-yanvar erta tong sovuq antisiklonning mintaqadan o‘tish fonida respublikaning katta qismida juda ham past haroratlar bo‘lishi kutilmoqda. Xususan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida –25°C (Ustyurtda –30°C);
Xorazm viloyatida –23°C;
Buxoro viloyatida –20°C (cho‘llarida –30°C);
Navoiy viloyatida –20°C (cho‘llarida –30°C);
Toshkent shahrida –20°C;
Sirdaryo viloyatida –20°C;
Jizzax viloyatida –20°C;
Sirdaryo viloyatida –20°C;
Toshkent viloyatida –19°C;
Qashqadaryo viloyatida –15°C;
Surxondaryo viloyatida –15°C;
Andijon viloyatida –13°C;
Farg‘ona viloyatida –13°C;
Namangan viloyatida –13°C.
Yuqoridagi kartada antisiklonning bor bo‘y bastini ko‘rishingiz mumkin. Antisiklon (ko‘k rang) butun Rossiya va deyarli barcha MDH mamlakatlarini egallab olgan.
Eslatib oʻtamiz, bir necha soat avval Buxoro viloyati hokimligi viloyatdagi barcha metan gaz quyish shoxobchalari ish faoliyatini cheklab, mavjud restoran va boshqa shunga oʻxshash ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berishni anomal sovuqlar oʻtib ketguniga qadar toʻxtatib qoʻyilishi haqida qaror qilgandi.