Buxoro yangiliklari
Buxoro shahri, Romitan va Buxoro tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti uzatilishi to‘xtatildi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro va Romitan tumanlaridagi ba’zi mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Buxoro suv taʼminot” MChJ.
Xususan, Buxoro tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 12-yanvar kuni soat 22:00 ga qadar suv ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. “Bog‘dorchilik” mahallasi;
2. “Dehoji” mahallasi;
3. “Yangiobod” mahallasi;
4. “Sarhang” mahallasi;
5. “Madaniyat” mahallasi;
6. “Arabxona” mahallasi;
7. “Podshoi” mahallasi;
8. “Ko‘chko‘mar” mahallasi;
9. “Sheyxon” mahallasi.
Shuningdek, Romitan tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari ham bugun, 12-yanvar kuni soat 22:00 ga qadar suv ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. “Asalchilik” mahallasi;
2. “Chilong‘u” mahallasi.
Bundan tashqari bugun ertalabdan buyon Buxoro shahrining ko‘p qismida ichimlik suvi ta‘minoti ham to‘xtagan. Bunga sabab esa markaziy suv inshootida elektr ta‘minotida avariyali o‘chish kuzatilgan bo‘lib, mas’ullarning bildirishicha, tez orada mazkur hududdagi nosozliklar bartaraf etiladi va suv ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun suv ta’minoti korxonasi iste’molchilardan uzr so‘raydi.