Islom

Banda sabrni tark qilsa, halol rizqidan mahrum bo‘ladi – Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu masjidga kirayotib, eshik oldida turgan bir kishiga:
“– Xachirimni ushlab tur”, – deb iltimos qildilar.

Hazrati Ali roziyallohu anhu masjidga kirganlarida o‘sha kishi xachirning yuganini o‘g‘irlab ketib qoldi. Ali roziyallohu anhu masjiddan chiqib, xachirni ushlab turgani uchun beraman deb, yonlaridan 2 dirham chiqardilar. Qarasalar, xachir yugansiz turibdi. Uni minib oldilar-da, o‘sha 2 dirhamni xizmatkorga berib, yugan olib kelishni buyurdilar. Xizmatkor bozorga borib kelib, o‘sha o‘g‘ridan yuganni sotib olganini aytdi.

Shunda Ali roziyallohu anhu:
“– Banda sabrni tark qilsa, halol rizqidan mahrum bo‘ladi. Har qancha urinmasin, o‘ziga taqdir qilinganidan ortiqchasini ololmaydi”, – dedilar.

Foydalanilgan adabiyot: «Solihlar gulshani» kitobidan..
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version