Buxoro yangiliklari

Bugun Buxoro tumani hududining belgilangan qismida gaz taʼminoti toʻxtatildi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Buxoro tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 13-yanvar kuni soat 08:30 dan 13:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:
1. “Sahovat” mahallasi;
1. “Xonabod” mahallasi (Qumrabod qishlogʻi).

Bunga asosiy sabab, mazkur tumanda joylashgan stansiyasi quvurida yuzaga kelgan avariyali holatni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version