Buxoro yangiliklari

Bugun Buxorodan joʻnab ketadigan va keladigan poyezdlar harakat jadvallari oʻzgarish mumkin

Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli yoʻlovchi poyezdlar harakat havfsizligini taʼminlash maqsadida, bugun, 13-yanvar kuni poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.

Jumladan, Buxorodagi yo‘lovchi poyezdlarning joʻnash va manzilga yetib borish vaqtlarida o‘zgarishi mumkin.

“Har bir yoʻlovchini oʻz manziliga xavfsiz olib borilishini taʼminlash – eng muhim vazifadir. Shuni inobatga olgan holda, “Oʻztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati yoʻlovchilardan, kelib chiqqan bunday vaziyatni to‘gʻri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi – “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ.

Harakat yoʻnalishlarini temir yoʻl orqali amalga oshiruvchi barcha yoʻlovchilar oʻz rejalariga qatnov jadvalida boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni inobatga olib, tuzishlarini soʻrab qolamiz.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version