Buxoro yangiliklari

Buxoro tumanining Kobdun qishlog‘ida gaz ta’minoti to‘xtatildi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro tumanidagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Buxoro tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 13-yanvar kuni soat 11:30 dan 14:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:

“Istiqbol” mahallasi (Kobdun qishlog‘i).

Bunga asosiy sabab, mazkur hududda joylashgan stansiya quvurida yuzaga kelgan avariyali holatni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version