Özbekiston

Ob-havo qachon isib, Buxorodagi “gaz zapravkalar” faoliyati qachondan tiklanishi prognoz qilindi

Joriy yilning 16-yanvar kunidan boshlab respublikamizning katta qismida kunduzgi maksimal haroratlar “plyus” ko‘rsatkichga yaqinlashadi. Bu haqida Gidrometeorologiya markazi xodimi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining kecha, 12-yanvar kungi jonli efirida ma‘lum qildi.

Ayni damdagi arktik antisiklonning faol ta’siri 14-yanvar kuni ham saqlanadi, 15-yanvardan esa asta-sekin antisiklon hududlarmizdan sharqqa tomon “suriladi”.

“Og‘ir karvon” deya nom berilgan hozirgi sovuq antisiklonning mintaqadan butunlay chiqib ketishi 18-yanvar sanalariga to‘g‘ri kelib, vodiy viloyatlari shu kun ham uning ta’sirida bo‘ladi. Katta ehtimol bilan 19-yanvar kunidan vodiyda ham kunduz kunlari “plyus” haroratlar kuzatila boshlaydi.

O‘zgidromet sinoptiklariga ko‘ra, 17-yanvardan boshlab respublika shimoli va janubidan, 19-yanvarga qadar esa shimoli-sharq va sharqiy viloyatlarda kunduz kuni nol haroratga yaqinlashamiz, tundagi ayoz qahratonlar ham biroz yumshaydi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Buxoroda (umuman republikada ham) avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyati joriy yilning 20-yanvaridab so‘ng qayta tiklanishi kutilmoqda. Sababi, ushbu sanaga kelib mutaxassislar fikri bo‘yicha, O‘zbekiston hududidan anomal sovuq chekinadi.

Shu kunlardan boshlab ko‘pgina oshcona va restoranlarga, shuningdek ishlab chiqarish korxonalariga ham gaz ta’minoti qayta yo‘lga qo‘yilishini taxmin qilish mumkin.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version