Buxoro yangiliklari

Akmal Xolmatov “Buxoro” professional futbol klubida murabbiy sifatida ish boshladi

Yangi mavsumga tayyorlanayotgan “Buxoro” professional futbol klubi imkoni qadar har tomonlama kuchayish harakatida. Shu bois nafaqat tarkib masalasida, balki murabbiylar shtabida ham o‘zgarish yuz berdi, deya xabar bermoqda SportsUz nashri.

Gap shundaki, bosh murabbiy Hakim Fuzaylov o‘zining yordamchilari qatoriga yana bir murabbiyni qo‘shib oldi. Bu sizu-bizga yaxshi tanish bo‘lgan . Futbolchilik faoliyati davomida “Neftchi” (O‘zbekiston), “Paxtakor”, “Regar-TadAZ” (Tojikiston), “Istiqlol” (Tojikiston), “PAS” (Eron), “Lokomotiv” (O‘zbekiston), “Andijon” (O‘zbekiston), “Sho‘rtan” (O‘zbekiston) kabi jamoalarda to‘p surgan sobiq futbolchi butsalarini mixga ilganiga hali uzoq bo‘lgani yo‘q.

Futbolchilikdan so‘ng o‘zini murabbiylikka bag‘ishlagan A. Xolmatov bungacha bolalar futbolida ishlab kelayotgandi. 2023-yildan boshlab esa “Buxoro” PFK murabbiylar shtabidan joy oldi. Buni klub bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov tasdiqladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version