Jahon

Qirg‘izistonning birinchi prezidentiga Asqar Akayevga qarshi ochilgan jinoyat ishi to‘xtatildi

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi mamlakatning birinchi prezidenti Asqar Akayevga nisbatan «Qumtor» oltin koni bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Bu haqda Rossiyaning TASS axborot agentligi xabar qildi.

Shunday qilib, Akayevga qo‘yilgan barcha jinoiy ayblovlar olib tashlandi. Avvalroq Qirg‘izistonning birinchi rahbariga nisbatan boshqa epizodlar bo‘yicha tergov ishlari to‘xtatilgan edi.

Oilasi bilan Moskvada yashab kelayotgan Akayev o‘tgan yili va 2021-yilda«Qumtor» ishi bo‘yicha guvohlik berish uchun vataniga kelgan. Bu kon Qirg‘izistonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, yiliga 15 tonnaga yaqin oltin qazib olinadi. Ilgari uni o‘zlashtirish bilan kanadalik investorlar shug‘ullangan, keyinroq kon milliylashtirildi.

2005-yilning aprel oyida Akayev va uning oila aʼzolariga nisbatan bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, shu jumladan korrupsiya moddasi bo‘yicha. Hozirda ularning barchasi to‘xtatilgan yoki tugatilgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version