Buxoro yangiliklari

Rossiyada qonuniy ishlash istagida bo‘lgan buxorolik erkaklar va ayollarga yuqori maoshli ish taklif qilamiz!

Rossiya Federatsiyasining “Kamaz” OAJ bilan tuzilgan kelishuv shartnomasiga asosan, korxona O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif qilmoqda.

Ish mutaxassisliklari:
1. Mashina detallariga ishlov beruvchi;
2. Mashina detallarini saralovchi;
3. Mashina detallariga ishlov beruvchi bo‘yoqchi;
4. Mashina detallarini tozalovchi va boshqa yo‘nalishlar.

Ish haqi:
46 000 rubldan 80 000 rublgacha (ish ko‘lami va turiga qarab).

Ish beruvchi korxona tomonidan:
– yo‘l xarajatlarini to‘lab beriladi;
– patentgacha bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini to‘lab beriladi;
– yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Nomzodlarga talablar:
– O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiq bo‘lmasligi;
– 21 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi;
– sudlanmagan bo‘lishi;
– rus tilida boshlang‘ich darajada gaplasha olishi.

Ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2023-yilning 17-yanvar kuni xorijga chiqish pasporti va shaxs guvohnomasi bilan birga Buxoro shahridagi “Ishga marhamat monomarkazi” binosiga kelishlari so‘raladi.

Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.

Telefon raqamlari:
(+998) 65-226-56-99, (+998) 33-634-15-60, (+998) 93-966-99-59.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version